Valyuta kurslari 13/06/2025
$1 – 12705.79
UZS – 0,47%
€1 – 14704.41
UZS – 1,68%
₽1 – 159.20
UZS – -1,04%
Qidirish
Iqtisod 13/06/2025 Onodera User Run Toshkentda o‘zbekistonliklarni ish bilan taʼminlash uchun kadrlar tayyorlash markazini ochadi

Onodera User Run Toshkentda o‘zbekistonliklarni ish bilan taʼminlash uchun kadrlar tayyorlash markazini ochadi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yil 27-29 may kunlari Migratsiya agentligi rahbariyatining Yaponiyaga xizmat safari davomida Migratsiya agentligi va Yaponiyaning 30 ming ishchi kuchiga ega "Onodera User Run" kompaniyasi o‘rtasida hamkorlik bitimini imzolashga kelishilgan edi.

Kunchiqar mamlakatdagi kelishuvga ko‘ra, 11 iyun kuni "Onodera User Run" kompaniyasi rahbariyati O‘zbekistonga tashrif buyurdi va Migratsiya agentligi bilan hamkorlik bo‘yicha memorandum imzolandi.

Endilikda ushbu hujjat asosida minglab o‘zbek yoshlari Yaponiya mehnat bozorida o‘z o‘rinlarini topish imkoniyatiga ega bo‘ladilar!

"Biz O‘zbekiston bozoriga kirib kelayotganimizdan mamnunmiz, Yaponiya standartlaridagi dastlabki o‘quv markazimizni Toshkent shahrida shu yil sentyabr oyida faoliyatini yo‘lga qo‘yishni rejalashtirayapmiz.

Loyihamizga o‘zbekistonlik yapon tili o‘qituvchilarini taklif qilamiz, malakasini oshiramiz va ular bizning xodimlarimiz bo‘lishadi", - dedi Onodera User Run kompaniyasi prezidenti Jun Kato

Loyixada 6 oy davomida muvaffaqiyatli ishtirok etgan yoshlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri Yaponiya davlatining korxonalariga ishga joylashadi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling