Valyuta kurslari 23/10/2025
$1 – 12101.29
UZS – 0,75%
€1 – 14031.45
UZS – 0,53%
₽1 – 148.01
UZS – -0,05%
Qidirish
O‘mon va O‘zbekiston o‘rtasida yangi hamkorlik yo‘nalishlari muhokama qilindi

O‘mon va O‘zbekiston o‘rtasida yangi hamkorlik yo‘nalishlari muhokama qilindi

O‘mon va O‘zbekiston o‘rtasida yangi hamkorlik yo‘nalishlari muhokama qilindi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Ayni kunlarda Funun Hospitality and Project Management LLC kompaniyasi boshqaruv kengashi raisi Siham bint Ahmad al-Harsiya rahbarligidagi O‘mon Sultonligi ishbilarmon ayollar delegatsiyasining O‘zbekistonga tashrifi amalga oshirilmoqda.

Tashrif doirasida delegatsiya aʼzolari O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi o‘rinbosari Shaxlo Ibragimova va rais maslahatchisi Alisher Shayxov bilan uchrashdilar.

Uchrashuvda ikki davlat o‘rtasidagi iqtisodiy va savdo hamkorligini yana-da kengaytirish, yangi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish hamda ayollar tadbirkorligini rivojlantirish masalalari muhokama etildi.

Xususan, mamlakatimizda Islom moliyasi tizimini rivojlantirish, shu jumladan kraudfanding (crowdfunding) mexanizmlarini joriy etish bo‘yicha hamkorlik imkoniyatlariga alohida eʼtibor qaratildi.

Kraudfanding — bu ommaviy investitsiya tizimi bo‘lib, unda ko‘plab ishtirokchilar (asosan internet orqali) kichik mablag‘lar to‘plab, muayyan biznes yoki ijtimoiy loyihani moliyalashtirishda ishtirok etadilar.

O‘mon tomoni mazkur yo‘nalishdagi o‘z tajribasi bilan o‘rtoqlashish, shuningdek, O‘zbekistonda kraudfanding madaniyatini shakllantirish va amaliyotga joriy etish bo‘yicha tashabbusni ilgari surdi.

Shuningdek, uchrashuvda qurilish, tibbiyot va turizm sohalarida tajriba almashish, qo‘shma tashabbuslarni rivojlantirish va ikki mamlakat ayol tadbirkorlari o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling