Valyuta kurslari 27/06/2025
$1 – 12586.41
UZS – 0,44%
€1 – 14758.82
UZS – 1,52%
₽1 – 160.42
UZS – 0,38%
Qidirish
O‘zbekiston 06/04/2025 O‘mon Sultonligi Sho‘ro kengashi Raisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

O‘mon Sultonligi Sho‘ro kengashi Raisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Parlamentlararo ittifoqning 150-Assambleyasi doirasida Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva O‘mon Sultonligi Sho‘ro kengashi Raisi Nosir al-Mavaliy bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Suhbat chog‘ida ikki mamlakat parlamentlararo muloqotini o‘zaro tashriflar orqali faollashtirish, qonun chiqaruvchi organlari tegishli qo‘mitalari o‘rtasida tajriba almashish va yaqin aloqalarni o‘rnatish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, tomonlar parlamentlar do‘stlik guruhlari, qo‘mitalar hamda devonlar o‘rtasida muloqot va hamkorlikni yo‘lga qo‘yish vositasida samarali loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha o‘zaro fikr almashdi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling