Valyuta kurslari 17/06/2025
$1 – 12715.13
UZS – -0,35%
€1 – 14730.48
UZS – 0,17%
₽1 – 161.75
UZS – 1,04%
Qidirish
Iqtisod 16/06/2025 Oman Air aviakompaniyasi O‘zbekistonga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘yishga tayyorlanmoqda

Oman Air aviakompaniyasi O‘zbekistonga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘yishga tayyorlanmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi hamda O‘mon Sultonligi o‘rtasida fuqaro aviatsiyasi sohasidagi o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida ikki davlat Aviatsiya hukumatlari o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi.

Muzokaralarda O‘zbekiston va O‘mon o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri havo qatnovlarini yo‘lga qo‘yish, jumladan “Oman Air” aviakompaniyasining O‘zbekistonga rejalashtirilayotgan parvozlari, shuningdek ikki davlat aviatsiya ma’muriyatlari o‘rtasidagi kelishuvlarni yangilash bilan bog‘liq jihatlar muhokama etildi.

Muzokaralar yakuniga ko‘ra, O‘zbekiston va O‘mon aviatsiya ma’muriyatlari o‘rtasidagi kelishuv yangilandi. Imzolangan kelishuvga asosan har ikki tomon aviakompaniyalariga haftasiga 50 tagacha qatnov amalga oshirishga ruxsat berildi. 

Shuningdek, Samarkand hamda Salala xalqaro aeroportlarida ochiq osmon rejimidan foydalanish hamda yuk tashish parvozlarida har ikki mamlakat aeroportlarida “beshinchi, oltinchi va yettinchi havo erkinligi” dan foydalanish huquqi berildi.

Shuningdek, vazirlik tomonidan joriy yilda “Oman Air” aviakompaniyasining O‘zbekistonga to‘g‘ridan to‘g‘ri muntazam parvozlarini yo‘lga qo‘yilishida tegishli yordam ko‘rsatilishi ta’kidlandi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling