Olmaliq Zhongtong Bus‘dan yangi avtobuslar oladi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Transport vazirining birinchi o‘rinbosari M. Omarov Xitoyning Zhongtong Bus Holdings Co., Ltd kompaniyasi, CIB banki va SINOSURE sug‘urta kompaniyasi vakillari bilan videokonferensiya o‘tkazdi.
Muzokaralar chog‘ida Olmaliq, Termiz va Toshkent shaharlari uchun zamonaviy avtobuslar yetkazib berishni moliyalashtirish masalalari muhokama qilindi. Jumladan, Olmaliq shahriga 83 ta zamonaviy avtobus yetkazib berish rejalashtirilgan. Ushbu transport vositalari "OLMALIQ TRANS SERVICE" MCHJ ehtiyojlari uchun ajratiladi va shaharda yo‘lovchi tashish sifatini oshirishga xizmat qiladi.
Shuningdek, boshqa hududlar uchun avtobus xaridini soddalashtirish maqsadida lizing va kredit shartlarini yengillashtirish bo‘yicha takliflar ham ko‘rib chiqildi.