Valyuta kurslari 02/12/2025
$1 – 11895.57
UZS – -0,38%
€1 – 13826.22
UZS – 0,08%
₽1 – 152.98
UZS – 0,2%
Qidirish
Oliy taʼlim tashkilotlarining taʼlim dasturlarini akkreditatsiyasidan o‘tkazishda baholash mezonlari bo‘yicha indikatorlar tasdiqlandi

Oliy taʼlim tashkilotlarining taʼlim dasturlarini akkreditatsiyasidan o‘tkazishda baholash mezonlari bo‘yicha indikatorlar tasdiqlandi

Oliy taʼlim tashkilotlarining taʼlim dasturlarini akkreditatsiyasidan o‘tkazishda baholash mezonlari bo‘yicha indikatorlar tasdiqlandi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Adliya vazirligi “Oliy taʼlim tashkilotlarining taʼlim dasturlarini maxsus davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazishda baholash mezonlari bo‘yicha indikatorlarni tasdiqlash haqida”gi buyruqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi (ro‘yxat raqami: 3716, 01.12.2025 y.).

Unga ko‘ra, 6 ta yo‘nalish doirasidagi 31 ta mezon bo‘yicha oliy taʼlim tashkilotlaridagi taʼlim dasturlarini maxsus davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazishda foydalaniladigan 190 ta indikator belgilab berildi.

Bunda 8 ta (4.2 %) majburiy indikatorlar (masʼul tarkibiy tuzilmani tashkil etishning aniq rejasi mavjudligi, talabalar kontingentidan kelib chiqqan holda o‘quv xonalari bilan taʼminlanganlik va b.) hamda 182 ta (95.8 %) umumiy indikatorlar (fan mazmuniga mos xorijiy adabiyotlardan foydalanish, talabalar o‘rtasida so‘rovnomalar o‘tkazish, qabul parametrlarini belgilashda axborot-resurs markazining imkoniyatlarini hisobga olish va b.) mavjud bo‘lib, “muvofiq” yoki «muvofiq emas» tarzida baholanadi.

Bunda: 50 % gacha indikatorlar “muvofiq” deb baholansa – mezon «muvofiq emas»;

50 % dan 70 % gacha indikatorlar “muvofiq” deb baholansa – mezon «qisman muvofiq»;

70 % va undan ortiq indikatorlar “muvofiq” deb baholansa – mezon “muvofiq” deb topiladi.

Majburiy indikator «muvofiq emas» deb baholansa, umumiy natijadan qatʼi nazar, mezon «muvofiq emas» deb topiladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling