Valyuta kurslari 24/11/2025
$1 – 11971.40
UZS – 0,48%
€1 – 13797.04
UZS – 0,45%
₽1 – 151.81
UZS – 2,39%
Qidirish
Oliy taʼlim muassasalarida kontrakt to‘lovi qoidalari o‘zgartirildi

Oliy taʼlim muassasalarida kontrakt to‘lovi qoidalari o‘zgartirildi

Oliy taʼlim muassasalarida kontrakt to‘lovi qoidalari o‘zgartirildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Adliya vazirligi oliy o‘quv yurtlarida kontrakt to‘lovi tartibiga kiritilgan o‘zgarishlarni ro‘yxatdan o‘tkazdi, deb xabar qildi vazirlik.

2025 yil 21 noyabrda 2431-5 raqami bilan davlat reyestriga kiritilgan hujjatda kontrakt to‘lovi muddatlari aniqlashtirildi. Yangi qoidalarga ko‘ra:

to‘lov miqdorining kamida 25 foizi – abituriyentlar uchun 15 sentabrgacha hamda yuqori bosqich talabalari uchun 1 oktabrgacha yoki oliy taʼlim tashkiloti rektori tomonidan uzaytiriladigan muddatgacha;

to‘lov miqdorining kamida 50 foizi 1 yanvargacha, 75 foizi 1 martgacha va 100 foizi 1 maygacha yoki oliy taʼlim tashkiloti rektori tomonidan uzaytiriladigan muddatgacha amalga oshiriladi.

Bunda, Davlat komissiyasi yuqoridagi to‘lov muddatlarini uzaytirishi mumkin.

Kontraktdan tushgan mablag‘lar xorijiy oliy taʼlim tashkilotlarida istiqbolli yosh pedagog va ilmiy kadrlarni malakasini oshirish va ularning stajirovka o‘tashlariga sarflanishi mumkin.

Shuningdek, oliy taʼlim tashkilotlari o‘z talabalarini ijtimoiy muhofaza qilish doirasida 1 yilda bir talabaga mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 6 barobarigacha moddiy yordam ko‘rsatishi mumkin bo‘ladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling