Valyuta kurslari 25/12/2025
$1 – 12067.60
UZS – 0,13%
€1 – 14239.77
UZS – 0,19%
₽1 – 153.71
UZS – 0,0%
Qidirish
Oliy taʼlim tashkilotlarini kompleks davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazishda baholash mezonlari tasdiqlandi

Oliy taʼlim tashkilotlarini kompleks davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazishda baholash mezonlari tasdiqlandi

Oliy taʼlim tashkilotlarini kompleks davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazishda baholash mezonlari tasdiqlandi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Adliya vazirligi Oliy taʼlim tashkilotlarini kompleks davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazishda baholash mezonlari bo‘yicha indikatorlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi (ro‘yxat raqami: 3732-son, 23.12.2025 y.).

“Taʼlim to‘g‘risida”gi Qonunning 58-moddasiga ko‘ra, oliy taʼlimni amalga oshiruvchi davlat va nodavlat taʼlim tashkilotlari davlat taʼlim standartlari, davlat taʼlim talablari va taʼlim dasturlariga muvofiqlik jihatdan kompleks davlat akkreditatsiyasidan o‘tkaziladi.

Mazkur idoraviy hujjat bilan 8 ta yo‘nalish doirasidagi 47 ta mezon bo‘yicha oliy taʼlim tashkilotlarini kompleks davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazishda foydalaniladigan 271 ta indikator belgilanmoqda.

Unga ko‘ra, 19 ta (7 %) majburiy indikatorlar (indeksatsiyalangan maʼlumotlar bazalaridan foydalanish imkoniyatining mavjudligi, antiplagiat tizimi joriy etilganligi va b.) hamda 252 ta (93 %) umumiy indikatorlar (natijalarga erishgan tyutorlarning rag‘batlantirib borilganligi, talabalarning startap loyihalari va ratsionalizatorlik g‘oyalari uchun tanlovlarning tashkil etilganligi va b.) mavjud bo‘lib, “muvofiq” yoki “muvofiq emas” tarzida baholanadi.

Bunda: 50 % gacha indikatorlar “muvofiq” deb baholansa – mezon “muvofiq emas”;

50 % dan 70 % gacha indikatorlar “muvofiq” deb baholansa – mezon “qisman muvofiq”;

70 % va undan ortiq indikatorlar “muvofiq” deb baholansa – mezon “muvofiq” deb topiladi.

Majburiy indikator “muvofiq emas” deb baholansa, umumiy natijadan qatʼi nazar, mezon “muvofiq emas” deb topiladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling