Valyuta kurslari 03/10/2025
$1 – 12099.72
UZS – 0,13%
€1 – 14223.22
UZS – 0,18%
₽1 – 148.90
UZS – 1,49%
Qidirish
Oliy taʼlim tashkilotlari bitiruvchilarining amaliyot o‘tash tartibi belgilandi

Oliy taʼlim tashkilotlari bitiruvchilarining amaliyot o‘tash tartibi belgilandi

Oliy taʼlim tashkilotlari bitiruvchilarining amaliyot o‘tash tartibi belgilandi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Hukumat qarori (615-son, 30.09.2025 y.) bilan “Oliy va kasbiy taʼlim tashkilotlari bitiruvchilarining amaliyot o‘tashi va ularni ishga joylashtirish tizimini raqamlashtirish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.

Nizomga ko‘ra, taʼlim tashkiloti har yili 1 oktyabrgacha “Yagona milliy mehnat tizimi” IDAKga (Dastur) kiritilgan korxona bilan bitiruvchilar amaliyotini o‘tashi bo‘yicha shartnoma tuzish uchun platforma orqali ushbu korxonaga so‘rov yuboradi.

Amaliyotni tashkil etish bo‘yicha taʼlim tashkiloti va korxona o‘rtasida shartnoma amaliyot boshlanishidan kamida 3 hafta oldin platforma orqali rasmiylashtiriladi.

Taʼlim tashkiloti har yili yakuniy davlat attestatsiyasi xulosasi asosida bitiruvchilar to‘g‘risidagi maʼlumotlarni platformaga kiritadi.

Korxona Dasturga har oyning 25-sanasigacha o‘zlari uchun zarur kadrlar, shu jumladan, vakant lavozimlar haqidagi maʼlumotlarni kiritib boradi.

Ishga qabul qilingan va mehnat shartnomalari Dasturda ro‘yxatdan o‘tkazilgan bitiruvchilar platformada avtomatik tarzda “bandligi taʼminlangan” sifatida qayd etiladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling