Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling
O‘zbekiston Senati Alisher Usmonovni Oliy sud raisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tasdiqladi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Oliy Majlis Senatining 10-yalpi majlisida O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tarkibiga o‘zgartirishlar kiritish masalasi ham ko‘rib chiqildi.
Senatning tegishli qaroriga asosan Alisher Usmanov besh yil muddatga O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining birinchi o‘rinbosari – sudlov hayʼati raisi lavozimiga saylandi.
Ikram Muslimov O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining birinchi o‘rinbosari – sudlov hayʼati raisi lavozimidan, Nodira Xakimova O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi lavozimidan ozod etildi.