Valyuta kurslari 13/02/2026
$1 – 12275.58
UZS – -0,1%
€1 – 14591.98
UZS – -0,36%
₽1 – 159.09
UZS – 0,16%
Qidirish
Oliy Majlis Senatida “Gender tenglik bo‘yicha kumush nishoni” milliy tanlovi gʻoliblari taqdirlandi

Oliy Majlis Senatida “Gender tenglik bo‘yicha kumush nishoni” milliy tanlovi gʻoliblari taqdirlandi

Oliy Majlis Senatida “Gender tenglik bo‘yicha kumush nishoni” milliy tanlovi gʻoliblari taqdirlandi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi Bojxona qo‘mitasi vakillariga BMT Taraqqiyot dasturining nufuzli mukofoti -  “Gender tenglik bo‘yicha kumush nishoni” (Gender Equality Seal) tantanali ravishda topshirildi. Eʼtiborlisi, mazkur natijaga O‘zbekiston MDH va Markaziy Osiyo davlatlari orasida birinchi bo‘lib erishdi.

Ushbu yutuq xalqaro ekspertlar tomonidan yuqori baholanmoqda hamda mamlakatimizda gender tenglikni taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan tizimli islohotlarning amaliy samarasi sifatida eʼtirof etilmoqda.

Maʼlumki, “Davlat muassasalarining gender tenglik nishoni” dasturi 2022-yil oktabr oyida boshlangan bo‘lib, loyiha BMT Taraqqiyot dasturi hamda hamkor tashkilotlar bilan birgalikda amalga oshirildi.

Dastur doirasida Bojxona qo‘mitasida ichki tartib-qoidalar va kadrlar siyosati takomillashtirildi, institutsional islohotlar amalga oshirildi. Xususan, ayol xodimlar soni ikki barobarga oshirildi, rahbarlik lavozimlari uchun zaxiraga kiritilgan ayollar soni 3 baravar ko‘paydi, gender masalalari bo‘yicha ekspert lavozimi joriy etildi. Shuningdek, «gender tahlil va gender byudjetlashtirish» bo‘yicha ichki hujjatlar qabul qilinib, xotin-qizlarning kasbiy va boshqaruv salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun zarur shart-sharoitlar yaratildi.

Ushbu yutuq mamlakatimizda gender tenglikni taʼminlash va inklyuziv boshqaruvni rivojlantirish borasidagi izchil islohotlarning amaliy natijasi sifatida eʼtirof etilmoqda.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling