Valyuta kurslari 03/12/2025
$1 – 11880.93
UZS – -0,12%
€1 – 13794.95
UZS – -0,23%
₽1 – 153.28
UZS – 0,2%
Qidirish
Oliy Majlis Senati Raisining Vengriya Prezidenti bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

Oliy Majlis Senati Raisining Vengriya Prezidenti bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

Oliy Majlis Senati Raisining Vengriya Prezidenti bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Budapesht shahriga rasmiy tashrif doirasida Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva­ Vengriya Prezidenti Tamash Shuyok uchrashdi.

Muloqot avvalida ikki mamlakat orasidagi hamkorlikning so‘nggi yillarda sezilarli jadallashgani hamda o‘zaro ishonch va do‘stona munosabatlar strategik sheriklik darajagasigacha oshgani taʼkidlandi.

Ikki mamlakat xalqlarini bir-biriga bog‘lab turuvchi tarixiy, anʼnaviy, madaniy qadriyatlarning mushtarakligi davlatlaro aloqlarni rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etayotgani qayd etildi.

Shuningdek, tomonlar iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, hududlararo hamda mamlakat ishbilarmon doiralari orasidagi savdo aloqalarini yana-da rivojlantirish masalalariga ham alohida eʼtibor qaratdi.

Muloqot chog‘ida 2026 yil O‘zbekiston va Vengriya orasidagi madaniyat, fan va innovatsiyalar yili deb eʼlon qilingani ham qayd etilib, tomonlar ikki davlatda qator yirik tadbirlarni o‘tkazish masalalari yuzasidan fikr almashdi.

Shu bilan birga, parlamentlararo munosabatlarni izchil rivojlantirib borish hamda davlat rahbarlari darajasida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash yuzasidan o‘zaro fikr almashildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling