Valyuta kurslari 19/09/2025
$1 – 12314.71
UZS – 0,49%
€1 – 14579.39
UZS – 0,43%
₽1 – 148.26
UZS – 0,25%
Qidirish
Oliy Majlis Senati Raisi UNFPA mintaqaviy direktori  bilan uchrashdi

Oliy Majlis Senati Raisi UNFPA mintaqaviy direktori  bilan uchrashdi

Oliy Majlis Senati Raisi UNFPA mintaqaviy direktori bilan uchrashdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva Birlashgan Millatlar Tashkilotining Aholishunoslik bo‘yicha jamg‘armasi (UNFPA)ning Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy direktori Florenc Bauer bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Muloqot mobaynida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar, demografik tendensiyalar, kambag‘allikka qarshi kurashish, gender tenglik, mehnat migratsiyasi va UNFPA bilan hamkorlikdagi loyihalar muhokama qilindi.

Florens Bauer xonim Namangan viloyatida Prezidentimiz boshchiligida “Kambag‘allikdan farovonlik sari” xalqaro forumi muvaffaqiyatli o‘tkazilganini alohida taʼkidladi. Xususan, Barqaror rivojlanish maqsadlari orasida kambag‘allikka qarshi kurashish birinchi o‘rinda turishini qayd etib, bu borada mamlakatimizda amalga oshirilayotgan tashabbuslarni yuqori baholadi.

Taʼkidlanganidek, so‘nggi yillarda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi doirasida siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy sohalarda keng qamrovli islohotlar amalga oshirilmoqda, inson huquqlari, demokratik jarayonlar va barqaror rivojlanishni taʼminlash borasida sezilarli natijalarga erishilmoqda.

UNFPA tomonidan aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish, demografik tahlil, reproduktiv sog‘liq va gender tenglikni taʼminlash bo‘yicha faol  hamkorlik olib borilmoqda.

Uchrashuv yakunida tomonlar hamkorlikni yana-da kengaytirish, aholi farovonligini taʼminlash va Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda umumiy saʼy-harakatlarini davom ettirishga kelishib oldi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling