Valyuta kurslari 14/11/2025
$1 – 11985.10
UZS – 0,11%
€1 – 13923.09
UZS – 0,51%
₽1 – 148.86
UZS – 0,91%
Qidirish
Oliy Majlis Senati Raisi tashrif doirasida Belarus Milliy Majlisi Respublika Kengashi Raisi bilan uchrashdi

Oliy Majlis Senati Raisi tashrif doirasida Belarus Milliy Majlisi Respublika Kengashi Raisi bilan uchrashdi

Oliy Majlis Senati Raisi tashrif doirasida Belarus Milliy Majlisi Respublika Kengashi Raisi bilan uchrashdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Dushanbe shahriga amaliy tashrif doirasida Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva Belarus Respublikasi Milliy Majlisi Respublika Kengashi Raisi Natalya Kochanova bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv chog‘ida Natalya Kochanova O‘zbekiston va Belarus o‘rtasidagi munosabatlar keyingi yillarda izchil va barqaror rivojlanayotganini taʼkidladi. Bu jarayon ikki davlat rahbarlarining siyosiy irodasi va izchil saʼy-harakatlari samarasi ekanligi qayd etildi.

2026 yilda O‘zbekistonda o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan To‘rtinchi O‘zbekiston-Belarus parlamentlararo forumiga tayyorgarlik masalalarini batafsil muhokama qilindi. Kelgusi forum doirasida parlamentlararo komissiyaning navbatdagi majlisini, yoshlar parlamentlari hamda ilm-fan vakillari uchrashuvlarini, tadbirkor ayollarning biznes muloqotini va milliy mahsulotlar ko‘rgazmasini tashkil etish nazarda tutilmoqda.

Shuningdek, forumning ustuvor yo‘nalishlari sifatida qishloq xo‘jaligi, tibbiyot va farmatsevtika, IT-texnologiyalar, taʼlim sohasidagi hamkorlik, hududlararo aloqalarni kengaytirish, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash hamda yoshlar tashabbuslarini rivojlantirish belgilab olindi.

Uchrashuv yakunida kelgusi parlamentlararo forumni samarali tashkil etish va uning doirasida amalga oshiriladigan tashabbuslarning aniq natijadorligini taʼminlash maqsadida tomonlar o‘rtasida qo‘shma ishchi guruh tuzishga kelishib olindi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling