Oliy Majlis Senati Raisi Anitkabir yodgorlik majmuasiga tashrif buyurdi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Narbayeva Turkiya Respublikasining birinchi Prezidenti Mustafo Kamol Otaturk hoki qo‘yilgan Anitkabir yodgorlik majmuasiga tashrif buyurdi.
Turkiya Respublikasining asoschisi Mustafo Kamol Otaturk o‘z Vatanining milliy istiqloli uchun kurashgan tarixiy shaxs sifatida qadrlanadi.
Anitkabir yodgorlik majmuasi Mustafo Kamol Otaturkning davlat va xalq oldidagi xizmatlariga hurmat ifodasi sifatida bunyod etilgan. 750 kvadrat metr maydonni egallagan majmua maqbara, muzey, bog‘ va boshqa obyektlarni o‘z ichiga olgan.
Tanzila Narbayeva Turkiyaning buyuk davlat va siyosat arbobi Mustafo Kamol Otaturk qabriga gul qo‘yib, uning yorqin xotirasiga hurmat bajo keltirdi hamda Faxriy mehmonlar kitobida yozuv qoldirdi.
Tanzila Narbayeva Turkiyaning buyuk davlat va siyosat arbobi Mustafo Kamol Otaturk qabriga gul qo‘yib, uning yorqin xotirasiga hurmat bajo keltirdi hamda Faxriy mehmonlar kitobida quyidagi so‘zlarni yozib qoldirdi:
“Turkiya Respublikasining asoschisi va ilk Prezidenti hamda Turkiya Buyuk Мillat Мajlisining birinchi Raisi Mustafo Kamol Otaturkni ziyorat qilib, u kishining porloq xotirasini yodga olish biz uchun ulkan sharaf va iftixor bag‘ishladi.
Qardosh turk xalqining bugungi zamonaviy va farovon kunlarga erishishida ushbu ulug‘ davlat arbobi boshlagan ulkan islohotlarning o‘rni beqiyosdir.
Mustafo Kamol Otaturk o‘z faoliyati davomida bizning mamlakatimizdan, jumladan, Buxorodan kelgan delegatsiyalarga yuksak mehmondo‘stlik ko‘rsatganini doimo chuqur minnatdorchilik bilan eslaymiz va qadrlaymiz.
Turk millatining ardoqli farzandi, Turkiya Respublikasining asoschisi, ulug‘ qo‘mondon Mustafo Kamol Otaturk xotirasi oldida chuqur taʼzim qilamiz”.