Valyuta kurslari 29/10/2025
$1 – 12004.47
UZS – -0,41%
€1 – 13993.61
UZS – -0,24%
₽1 – 150.22
UZS – -1,45%
Qidirish
Oliy Majlis Senati 31-oktabr kuni o'zining 11-yalpi majlisini chaqiradi

Oliy Majlis Senati 31-oktabr kuni o'zining 11-yalpi majlisini chaqiradi

Oliy Majlis Senati 31-oktabr kuni o'zining 11-yalpi majlisini chaqiradi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Oliy Majlis Senati Kengashining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda Senatning o‘n birinchi yalpi majlisini 2025-yil 31-oktabr kuni chaqirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Yalpi majlis kun tartibiga jamiyat hayoti va ijtimoiy-iqtisodiy sohalarning dolzarb masalalariga oid qator qonunlar kiritilgan.

Xususan, “Pirotexnika buyumlarining muomalasi to‘g‘risida”gi, “Davlat ijtimoiy sug‘urtasi to‘g‘risida”gi, “Kam taʼminlangan shaxslarga davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi qonunlar, shuningdek, sunʼiy intellektni qo‘llash orqali yuzaga keladigan munosabatlarni tartibga solishga doir qonun ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, yoqilg‘i-energetika sohasidagi huquqbuzarliklarga qarshi kurashish chora-tadbirlarini kuchaytirishga, valyuta va qimmatbaho metallar muomalasini tartibga solishga, davlat mulkini xususiylashtirish jarayonlarini takomillashtirishga, ijro ishini yuritish tartibini soddalashtirishga hamda agrar va ekologiya sohalaridagi qonunchilikni yana-da rivojlantirishga qaratilgan qonunlar ham muhokama qilinadi.

Shuningdek, yalpi majlisda senatorlar tomonidan aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini takomillashtirish, dala chetlarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish tizimini yaxshilashga oid qonunlar ham ko‘rib chiqiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Z. Maxkamovaga mamlakatda oila institutini mustahkamlash va ajrimlarning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan parlament so‘rovi yuborish masalasi ham kun tartibidan o‘rin olgan.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling