Valyuta kurslari 20/01/2026
$1 – 12051.71
UZS – 0,74%
€1 – 14008.91
UZS – 0,87%
₽1 – 154.69
UZS – 0,49%
Qidirish
Olis hududlarda notarius lavozimiga talabgorlarni suhbat asosida tayinlash tartibi belgilandi

Olis hududlarda notarius lavozimiga talabgorlarni suhbat asosida tayinlash tartibi belgilandi

Olis hududlarda notarius lavozimiga talabgorlarni suhbat asosida tayinlash tartibi belgilandi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Adliya vazirligi Olis (chekka) va notarius lavozimiga talab yuqori bo‘lmagan hudud (notarial okrug)larda davlat notarial idorasi notariusi lavozimiga talabgorlarni Oliy malaka komissiyasi tomonidan suhbat asosida tayinlash tartibi to‘g‘risidagi nizomni davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi.

Nizomga ko‘ra, suhbat Prezidentning 2025 yil 9-sentyabrdagi PQ–280-son qarori bilan tasdiqlangan Ro‘yxatga kiritilgan notarial okruglarda notarius lavozimi bo‘sh bo‘lgan yoki yangi lavozim taʼsis etilganda o‘tkaziladi.

Suhbat Oliy malaka komissiyasi va uning ishchi organi tomonidan amalga oshiriladi, talabgorlarning hujjatlari esa dastlab hududiy komissiyalar tomonidan ko‘rib chiqiladi.

Ro‘yxatdagi notarial okruglarga suhbat o‘tkazish bo‘yicha "Inson va qonun" gazetasida va vazirlikning rasmiy veb-saytida eʼlon beriladi.

Talabgorning hujjatlari hududiy komissiya tomonidan 15 kun ichida ko‘rib chiqilib, belgilangan talablarga muvofiq deb topilganda, Oliy malaka komissiyasiga taqdim etilishi yuzasidan xulosa tasdiqlanadi va yuboriladi.

Suhbatda talabgorlar berilgan savollarga to‘liq va aniq javob berishi, faoliyat sohasi bilan bog‘liq tizimli bilimlarga ega bo‘lishi, ulardan o‘z kasb faoliyatida mustaqil foydalanishni bilishi, ijtimoiy muammolar va jarayonlarni mustaqil tahlil qila olishiga qarab baholanadi.

Ro‘yxatdagi notarial okruglarda kamida 3 yil davomida notariuslikni amalga oshirganlar respublikaning istalgan boshqa hududida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius sifatida faoliyatini davom ettirishi mumkin bo‘ladi.

Mazkur hujjat 2026 yil 1 apreldan kuchga kiradi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling