Valyuta kurslari 06/02/2026
$1 – 12279.48
UZS – 0,11%
€1 – 14508.21
UZS – 0,11%
₽1 – 159.25
UZS – 0,11%
Qidirish
Okyanus Grup O'zbekistondagi investitsiya loyihalarini ko'rib chiqmoqda

Okyanus Grup O'zbekistondagi investitsiya loyihalarini ko'rib chiqmoqda

Okyanus Grup O'zbekistondagi investitsiya loyihalarini ko'rib chiqmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligida Turkiyaning “Okyanus Grup” kompaniyasi asoschisi Ayşe Sinirlioğlu bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Kompaniya 1993-yilda Istanbul shahrida tashkil etilgan bo‘lib, xalqaro qurilish va injiniring loyihalariga ixtisoslashgan. Shu kungacha 24 ta mamlakatda 750 dan ortiq loyiha muvaffaqiyatli amalga oshirilgan. Ular qatoriga savdo markazlari, stadionlar, aeroportlar, sanoat hamda logistika obyektlari kiradi.

Muzokaralar davomida amaldagi va istiqboldagi loyihalar, shuningdek, ularni O‘zbekistonda amalga oshirish imkoniyatlari muhokama qilindi. Zamonaviy texnologiyalarni joriy etish va mahalliy hamkorlar bilan kooperatsiyani kengaytirishga asoslangan investitsiya tashabbuslariga alohida e’tibor qaratildi.

Turkiya tomoni qo‘shma loyihalarni amalga oshirish hamda uzoq muddatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga qiziqish bildirdi.

“Okyanus Grup” bilan olib borilgan muloqot o‘zbek-turk investitsiyaviy hamkorligini mustahkamlash va qurilish hamda injiniring sohasida yirik loyihalarni amalga oshirish yo‘lidagi navbatdagi muhim qadam bo‘ldi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling