Valyuta kurslari 01/08/2025
$1 – 12692.42
UZS – 0,8%
€1 – 14511.24
UZS – -0,24%
₽1 – 158.44
UZS – 3,0%
Qidirish
Iqtisod 11/04/2025 OKMK tomonidan 101,7 million dollarlik mahsulot eksport qilindi

OKMK tomonidan 101,7 million dollarlik mahsulot eksport qilindi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025-yilning birinchi choragida Olmaliq kon-metallurgiya kombinati ( OKMK) 101,7 million dollarlik mahsulot eksport qildi. Bu haqda OKMK xabar berdi.

Mahsulotlar kesimida oladigan bo‘lsak xorijiy iste'molchilarga mis katodi, mis katankasi, rux, rux kuporosi, mis kuporosi, kadmiy, texnik tellur kabi mahsulotlar yuborilgan.

Yildan yilga OKMK eksport geografiyasi kengayib bormoqda. Hozirda kombinat mahsulotlari 19 ta davlatga eksport qilinmoqda. 2024-yilda bir qator yangi bozorlar o‘zlashtirildi. Jumladan, Gvineya, Senegal, Serbiya, Janubiy Afrika Respublikasi, Portugaliya kabi davlatlarga mis katankasi va mis kuporosi eksporti amalga oshirildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling