Valyuta kurslari 11/06/2025
$1 – 12674.37
UZS – -0,3%
€1 – 14470.33
UZS – -0,37%
₽1 – 161.23
UZS – 0,08%
Qidirish
Iqtisod 10/06/2025 OIIB vakillari bilan hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

OIIB vakillari bilan hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yilning 9-iyun kuni Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar bankining investitsiyalar bloki rahbari Konstantin Limitovskiy boshchiligidagi delegatsiya vakillari hamda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari – Iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar bankining mijozlar bilan ishlash bo‘yicha rahbari Hong Vei hamda Iqtisodiyot va moliya vaziri o‘rinbosarlari Ilhomjon Umrzakov va Samandar Sadullayev va boshqa mas’ul vakillar ishtirok etdi.

Muloqot davomida tomonlar hamkorlik aloqalarini rivojlantirish, amalga oshirilayotgan loyihalar va istiqboldagi rejalar, jumladan, infratuzilmani rivojlantirishga qaratilgan loyihalarni jadallashtirish yuzasidan muhokamalar olib bordi. Xususan:

suv ta’minoti tizimi rivojlantirish va modernizatsiya qilish;

yo‘l infratuzilmasini rivojlantirish;

hududlarga elektr va gaz yetkazib berish tizimini rivojlantirish;

energiya samaradorligini oshirish, jumladan, energiya tejamkor texnologiyalardan keng foydalangan holda binolarda zamonaviy yashil isitish tizimlarini shakllantirish;

davlat-xususiy sheriklik (DXSH) mexanizmlaridan samarali foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Muzokaralar yakunida tomonlar o‘zaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, yuqorida qayd etilgan masalalar yuzasidan fikrlar almashinuvi jarayonlarini kengaytirish hamda belgilangan maqsadlarga yetishda tizimli va samarali faoliyat olib borishga kelishib oldi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling