Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling
Og‘ir atletikachimiz Akbar Jo‘rayev uch karra jahon chempioni bo‘ldi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Norvegiyada o‘tayotgan jahon chempionatida hamyurtimiz Akbar Jo‘rayev -110 kg vaznda mutlaq chempionlikka erishdi.
Dast ko‘tarishda jahon rekordi bilan oltin medalga ega chiqqan Jo‘rayev siltab ko‘tarishda 232 kg va umumiy hisobda 428 kg bilan mutlaq ustunligini namoyon etdi.
Ruslan Nurudinov esa siltab ko‘tarishda 228 va ikki kurash yakuniga ko‘ra 414 bilan 2 ta bronza medaliga ega chiqdi.