Og'ir atletika bo'yicha mutlaq jahon chempioni Akbar Jo'rayevga Prezident sovg'asi topshirildi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Bugun Oʻzbekiston MOQda ogʻir atletika boʻyicha Norvegiyada oʻtkazilgan jahon chempionatining gʻolib va sovrindorlarini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi. Tadbirda Sport vazirligi, MOQ va mamlakat ogʻir atletika federatsiyasi rahbariyati ishtirok etdi.
Dunyo birinchiligida 3 ta oltin medalni qoʻlga kiritib, -110 kg vazn toifasida mutlaq chempionlikka erishgan Akbar Joʻrayev tegishli hukumat qarori asosida Prezident sovgʻasi – BYD avtomobili hamda bir martalik pul mukofoti bilan taqdirlandi.
Shuningdek, mazkur yoʻnalishda 2 ta bronza medaliga sazovor boʻlgan Ruslan Nurudinov va sportchilarimizning murabbiylariga ham pul mukofoti topshirildi.