Valyuta kurslari 28/11/2025
$1 – 11902.30
UZS – 0,17%
€1 – 13780.48
UZS – 0,23%
₽1 – 152.18
UZS – 0,75%
Qidirish
Oʻzmetkombinat Raiffeisen Bank bilan investitsiya loyihalarini muhokama qildi

Oʻzmetkombinat Raiffeisen Bank bilan investitsiya loyihalarini muhokama qildi

Oʻzmetkombinat Raiffeisen Bank bilan investitsiya loyihalarini muhokama qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — “O‘zmetkombinat” AJ bosh direktori Bahodir Abdullayev Avstriyaning Raiffeisen Bank xalqaro banki delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazdi. 

Delegatsiyaga bankning metallurgiya va kon metallurgiya sohasida korporativ mijozlar bilan ishlash bo‘yicha rahbari Mixal Xorak boshchilik qildi.

Uchrashuv davomida Raiffeisen Bank delegatsiyasi bank faoliyati, xalqaro moliya bozorlari mexanizmlari va korporativ mijozlar bilan ishlash tajribasi bo‘yicha taqdimot o‘tkazdi. Bank vakillari “O‘zmetkombinat” AJning yirik investitsiya loyihalarini moliyalashtirish jarayonida ishtirok etish istagini bildirdilar.

Suhbat chog‘ida Bahodir Abdullayev korxonaning strategik rivojlanish yo‘nalishlari haqida batafsil ma’lumot berdi. U “Quyuv prokat majmuasini qurish” investitsiya loyihasining joriy bosqichlari, amalga oshirilgan ishlar va kelgusi rejalar haqida tushuntirish berdi. Shuningdek, ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish va raqobatbardoshlikni kuchaytirishga qaratilgan yangi investitsiya loyihalari taqdim etildi.

Uchrashuv davomida korxonaning moliyaviy barqarorligini mustahkamlash, samaradorlikni oshirish va xalqaro investorlar bilan ishlash jarayonida shaffoflikni kuchaytirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora tadbirlar ham muhokama qilindi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling