Valyuta kurslari 20/11/2025
$1 – 11910.93
UZS – -0,25%
€1 – 13784.52
UZS – -0,4%
₽1 – 147.49
UZS – 0,06%
Qidirish
Oʻzmetkombinat delegatsiyasi Xitoyning yetakchi sanoat kompaniyasiga tashrif buyurdi

Oʻzmetkombinat delegatsiyasi Xitoyning yetakchi sanoat kompaniyasiga tashrif buyurdi

Oʻzmetkombinat delegatsiyasi Xitoyning yetakchi sanoat kompaniyasiga tashrif buyurdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — “O‘zmetkombinat” aksiyadorlik jamiyati delegatsiyasi Xitoy Xalq Respublikasining "Hangyang" kompaniyasiga qarashli "Quzhou Hang Oxygen Gas Co., Ltd." korxonasida bo‘ldi. 

"Hangyang" bugungi kunda Xitoyda havo ajratish uskunalari va sanoat kompressorlarini ishlab chiqarish bo‘yicha birinchi o‘rinda turadi. Jahon bozorida esa kriogen texnologiyalar yo‘nalishida eng yirik besh ishlab chiqaruvchidan biri sifatida tanilgan. Tashrif davomida delegatsiya korxonadagi ishlab chiqarish jarayonlari, zamonaviy texnologiyalar hamda muhandislik yechimlari bilan yaqindan tanishdi.

"Quzhou Hang Oxygen Gas Co., Ltd." "Hangyang"ning to‘liq mulki bo‘lib, sanoat kislorodi, yuqori tozalikdagi azot va argon, tibbiy kislorod hamda elektronika sanoati uchun mo‘ljallangan maxsus gazlarni ishlab chiqaradi. 

Delegatsiya havo ajratish qurilmalari, gazlarni suyultirish texnologiyalari va mahsulotlarni quvur liniyalari hamda kriogen transport tizimlari orqali yetkazib berish jarayonlarini o‘rgandi. Korxonada yuqori texnologiyalar parkiga uzluksiz gaz yetkazib berish tizimi va kunlik yuzlab tonna suyuq mahsulot ishlab chiqarish salohiyati mavjud.

Tashrif davomida Bekobod kislorod ishlab chiqarish korxonasi faoliyati ham muhokama qilindi. Ushbu korxona “O‘zmetkombinat”ning kislorod, azot va boshqa texnik gazlarga bo‘lgan ehtiyojini barqaror ta’minlab kelayotgan muhim bo‘linma hisoblanadi. 

"Hangyang" rahbariyati o‘z tajribasi, texnologik ishlanmalar va ishlab chiqarish amaliyotlarini almashish bo‘yicha hamkorlikni kengaytirishga tayyorligini bildirdi. “O‘zmetkombinat” AJ rahbariyati esa tashrifning texnologik imkoniyatlarni kengaytirish, gaz ishlab chiqarish jarayonlarini modernizatsiya qilish va Bekobod kislorod ishlab chiqarish korxonasi faoliyatini yanada takomillashtirish uchun muhim qadam bo‘lganini ta’kidladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling