Valyuta kurslari 12/02/2026
$1 – 12287.31
UZS – -0,18%
€1 – 14644.02
UZS – -0,15%
₽1 – 158.83
UZS – -0,51%
Qidirish
“Oʻzmetkombinat” AJ va Standard Chartered Bekoboddagi rivojlanish strategiyasi va investitsiya loyihalarini muhokama qilishdi

“Oʻzmetkombinat” AJ va Standard Chartered Bekoboddagi rivojlanish strategiyasi va investitsiya loyihalarini muhokama qilishdi

“Oʻzmetkombinat” AJ va Standard Chartered Bekoboddagi rivojlanish strategiyasi va investitsiya loyihalarini muhokama qilishdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2026-yil 12-fevral kuni “O’zmetkombinat” AJ Boshqaruv raisi Bahodir Abdullayev Bekobod shahrida premium segmentdagi korporativ, institutsional va xususiy mijozlarni Osiyo, Afrika va Yaqin Sharq mamlakatlarida barqaror o‘sish imkoniyatlaridan noyob foydalanishni ta’minlaydigan tarmoq bilan bog‘laydigan Standard Chartered xalqaro banki delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Tashrif doirasida Kompaniyaning yangilangan strategiyasi va moliyaviy prognozlariga bag‘ishlangan boshqaruv sessiyasi o‘tkazildi, shundan so‘ng savol-javob shaklida muhokama bo‘lib o‘tdi. Tomonlar “O’zmetkombinat” AJ faoliyatining joriy ko‘rsatkichlari, strategik ustuvorliklari va uzoq muddatli istiqbollari, shuningdek, Kompaniyani rivojlantirish bo‘yicha yangi investitsiya loyihalari va tashabbuslarini ko‘rib chiqdilar. Tomonlar hamkorlikni davom ettirishga sodiqligini tasdiqladi hamda Kompaniyaning investitsiya kun tartibi va moliyalashtirishning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha muntazam muloqotni davom ettirishga kelishib oldilar.

Bundan tashqari, delegatsiya Kompaniyaning asosiy investitsiya loyihalaridan biri bo‘lgan Quyuv-prokatlash majmuasiga tashrif buyurdi. Maydonni ko‘zdan kechirish davomida Quyuv-prokatlash majmuasi obyektlari va loyihani amalga oshirish jarayoni, jumladan, asosiy ishlab chiqarish, operatsion va texnik jihatlar haqida umumiy ma’lumot taqdim etildi.

Ushbu tashrif tomonlarning o‘rnatilgan hamkorligi va muvaffaqiyatli moliyaviy sherikligiga asoslanadi. 2025-yil sentabr oyida “Oʻzmetkombinat”AJ Oʻzbekistondagi birinchi issiq rulon ishlab chiqarish korxonasi - QPMni ishga tushirishni yakunlash uchun 7 yil muddatga 132,5 mln yevro miqdorida kredit bitimini imzoladi. Moliyalashtirish Standard Chartered (Buyuk Britaniya) va KfW IPEX-Bank GmbH (Germaniya) tomonidan Investitsiyalar va eksport kreditlarini sug‘urtalash bo‘yicha Islom korporatsiyasi (ICIEC) sug‘urta qoplamasi ostida tashkil etildi. Jalb etilgan mablag‘lar Quyuv-prokatlash majmuasini qurish, foydalanishga topshirish va ishga tushirish bilan bog‘liq tegishli xarajatlarni moliyalashtirish hamda qayta moliyalashtirishga yo‘naltirildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling