“Oʻzbekneftgaz” va Tapline gaz infratuzilmasi istiqbollarini muhokama qilishdi

“Oʻzbekneftgaz” va Tapline gaz infratuzilmasi istiqbollarini muhokama qilishdi

“Oʻzbekneftgaz” va Tapline gaz infratuzilmasi istiqbollarini muhokama qilishdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — “Oʻzbekneftgaz” AJ Boshqaruv raisi Abdugʻani Sanginov Xitoyning gaz quvurlari boʻyicha nufuzli kompaniyasi — “Tapline” Direktorlar kengashi raisi Chjun Fan bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Uchrashuv davomida tomonlar oʻzaro hamkorlikning bugungi holati va istiqbollarini muhokama qildi. Xususan, 2008-yilda tashkil etilgan “Asia Trans Gas” qoʻshma korxonasi faoliyatiga alohida eʼtibor qaratildi.

Qayd etilganidek, oʻtgan davr mobaynida Oʻzbekiston hududi orqali oʻtuvchi magistral gaz quvurining uchta tarmogʻi boʻylab tabiiy gazning barqaror va ishonchli tranziti taʼminlanib kelinmoqda. Shuningdek, hamkorlikda ijobiy dinamika va amaliy natijadorlik kuzatilayotgani taʼkidlandi.

Uchrashuv yakunida tomonlar mavjud sheriklikni yanada mustahkamlashdan manfaatdor ekanini bildirib, amalga oshirilayotgan qoʻshma loyihalar doirasida hamkorlikni davom ettirishga tayyorligini tasdiqladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling