Valyuta kurslari 03/03/2026
$1 – 12190.57
UZS – 0,15%
€1 – 14303.20
UZS – -0,38%
₽1 – 157.48
UZS – 0,02%
Qidirish
“Oʻzbekneftgaz” va “Schlumberger” qoʻshma loyihalarning borishi va hamkorlikning yangi yoʻnalishlarini koʻrib chiqdilar

“Oʻzbekneftgaz” va “Schlumberger” qoʻshma loyihalarning borishi va hamkorlikning yangi yoʻnalishlarini koʻrib chiqdilar

“Oʻzbekneftgaz” va “Schlumberger” qoʻshma loyihalarning borishi va hamkorlikning yangi yoʻnalishlarini koʻrib chiqdilar

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Muzokaralar chog‘ida tomonlar o‘zaro hamkorlikning joriy holati, amalga oshirilayotgan qo‘shma loyihalar ijrosi hamda “Mustaqillikning 25 yilligi” konida qo‘shimcha razvedka va o‘zlashtirish ishlarining istiqbollarini muhokama qildilar.

Shuningdek, muloqotda mazkur kondagi avariya holatini bartaraf etish masalalari va ushbu jarayonda “Schlumberger” kompaniyasining ishtiroki imkoniyatlari alohida ko‘rib chiqildi. Kompaniya vakillari avval taqdim etilgan texnik va tijoriy takliflar qayta ishlanib, tez fursatda yana taqdim etilishini ma’lum qildi.

Tomonlar ilg‘or texnologiyalarni joriy etish, neft-gaz operatsiyalari samaradorligini oshirish hamda konda qidiruv, o‘zlashtirish va boshqaruv jarayonlarida innovatsion yechimlarni keng qo‘llash muhim ahamiyatga ega ekanini ta’kidladilar.

Uchrashuv yakunida tomonlar strategik sheriklikni yanada rivojlantirish va texnologik hamkorlikni kengaytirishga o‘zaro tayyor ekanliklarini bildirib, bu hamkorlik O‘zbekiston neft-gaz sohasining barqaror rivojlanishiga xizmat qilishini qayd etdilar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling