Valyuta kurslari 06/03/2026
$1 – 12175.53
UZS – -0,04%
€1 – 14151.62
UZS – 0,09%
₽1 – 155.08
UZS – -1,05%
Qidirish
“Oʻzbekneftgaz” va “Ipotekabank OTP Group" investitsiya va import loyihalarini qoʻllab-quvvatlashga kelishib oldilar

“Oʻzbekneftgaz” va “Ipotekabank OTP Group" investitsiya va import loyihalarini qoʻllab-quvvatlashga kelishib oldilar

“Oʻzbekneftgaz” va “Ipotekabank OTP Group" investitsiya va import loyihalarini qoʻllab-quvvatlashga kelishib oldilar

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — “O‘zbekneftgaz” AJda "Ipotekabank OTP Group" banki delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda jamiyat tomonidan amalga oshirilayotgan transformatsiya jarayonlari, korporativ boshqaruvni takomillashtirish va MXHS standartlarini to‘liq joriy etish, shuningdek, kompaniyaning moliyaviy barqarorligini mustahkamlashga qaratilgan chora-tadbirlar bilan tanishtirildi.

Xususan, davlat tomonidan ko‘rsatilayotgan tizimli qo‘llab-quvvatlash, geologiya-qidiruv ishlarini kengaytirish, uglevodorodlarni qazib chiqarish hajmini oshirish va raqamli boshqaruv yechimlarini joriy qilish bo‘yicha amaliy ishlar haqida ma’lumot berildi.

Muzokarada 2024-2025 yillarda bank tomonidan ajratilgan kreditlar hisobiga amalga oshirilgan loyihalarning samaradorligi alohida qayd etildi.

“O‘zbekneftgaz” AJ uchun qayta moliyalashtirish mablag‘lari hajmini oshirish, investitsiya loyihalari va import shartnomalari bo‘yicha xaridlarni amalga oshirishni qo‘llab-quvvatlash, shuningdek jamiyat qarz portfelini optimallashtirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Muzokaralar yakunida tomonlar kelgusida o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish, yangi qo‘shma loyihalarni moliyalashtirishga kelishib oldilar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling