Valyuta kurslari 02/02/2026
$1 – 12225.16
UZS – 0,21%
€1 – 14560.17
UZS – -0,17%
₽1 – 162.01
UZS – 0,95%
Qidirish
“Oʻzbekneftgaz” mutaxassislari ROSO Group tomonidan ishlab chiqarilgan koʻp fazali mobil agregatlar bilan tanishdilar

“Oʻzbekneftgaz” mutaxassislari ROSO Group tomonidan ishlab chiqarilgan koʻp fazali mobil agregatlar bilan tanishdilar

“Oʻzbekneftgaz” mutaxassislari ROSO Group tomonidan ishlab chiqarilgan koʻp fazali mobil agregatlar bilan tanishdilar

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Xitoy Xalq Respublikasiga amalga oshirilayotgan xizmat safari doirasida ishchi guruh tomonidan neft-gaz sohasida qo‘llanilayotgan zamonaviy texnologiyalar va ishlab chiqarish tajribalarini o‘rganish ishlari davom etmoqda.

Mutaxassislar gaz qazib olish jarayonida quduqlar tubini suyuqliklardan tozalashga mo‘ljallangan ko‘p fazali mobil qurilmalar hamda quduq ustki kompressorlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan ROSO Group kompaniyasi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

Ushbu Xitoy kompaniyasi 2014 yilda tashkil etilgan bo‘lib, loyihalash, ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari (R&D), ishlab chiqarish hamda servis xizmatlarini o‘z ichiga olgan kompleks korxona guruhi hisoblanadi. Guruh tarkibida Shanxay, Chendu, Szigun, Chjoushan, Chjanszyagan va Suchjou shaharlarida joylashgan 10 ta kompaniya va 4 ta zavodi mavjud. Umumiy xodimlar soni taxminan 220 nafarni tashkil etadi.

Bugungi kunda "ROSO Group" quruqlikdagi neft va gaz uskunalari, dengiz muhandislik inshootlari, neft-kimyo muhandisligi, ko‘mir qazib olish va ishlab chiqarish bo‘yicha integratsiyalashgan yechimlar, shuningdek gidravlik yorilish (fraking) xizmatlarini taklif etmoqda.

Kompaniya mahsulotlari Xitoy hamda xalqaro miqyosdagi yirik neft va gaz ishlab chiqarish hududlarida keng qo‘llanilib, ROSOGroupʼni neft konlari ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga qaratilgan asosiy uskunalar sohasida Xitoydagi yetakchi xususiy korxonalardan biri sifatida namoyon etmoqda.

Uchrashuvlar davomida kompaniyaning ishlab chiqarish imkoniyatlari, texnik yechimlari va uskunalarining asosiy ko‘rsatkichlari muhokama qilinib, tomonlar o‘zaro tajriba almashdilar.

Shuningdek, ushbu qurilmalarni «O‘zbekneftgaz» tizimi korxonalarida qo‘llash imkoniyatlari yuzasidan texnik ko‘rsatkichlar qayta ko‘rib chiqildi hamda belgilangan tartibda texnik-tijorat takliflarini taqdim etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling