“Oʻzbekneftgaz” barqaror aviatsiya yoqilgʻisi sohasida hamkorlikni kengaytirmoqda
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — “O‘zbekneftgaz” AJda barqaror aviatsiya yoqilg‘isi (Sustainable Aviation Fuel — SAF) ishlab chiqarish bo‘yicha xalqaro hamkorlar bilan navbatdagi muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Unda “Air Products” va “Vision Invest” kompaniyalari vakillari ishtirok etdi.
Tomonlar amaldagi loyihani yanada rivojlantirish, texnik va tashkiliy masalalarni muvofiqlashtirish hamda keyingi bosqichdagi ustuvor yo‘nalishlarni belgilab oldilar.
Muzokaralar davomida innovasion va ekologik texnologiyalarni joriy etish, barqaror energetika yechimlarini amaliyotga tatbiq etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Uchrashuv yakunida hamkorlikning keyingi bosqichiga o‘tish va loyiha ustida birgalikda ishlashni davom ettirishga kelishib olindi.