Valyuta kurslari 05/02/2026
$1 – 12265.77
UZS – 0,06%
€1 – 14492.01
UZS – 0,26%
₽1 – 159.07
UZS – -0,26%
Qidirish
“Oʻzbekneftgaz” AJ xitoylik hamkorlari bilan geologiya-qidiruv va burgʻulash ishlarini kengaytirish masalalarini muhokama qildi

“Oʻzbekneftgaz” AJ xitoylik hamkorlari bilan geologiya-qidiruv va burgʻulash ishlarini kengaytirish masalalarini muhokama qildi

“Oʻzbekneftgaz” AJ xitoylik hamkorlari bilan geologiya-qidiruv va burgʻulash ishlarini kengaytirish masalalarini muhokama qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — “O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruv raisi Abdug‘ani Sanginov ishtirokida xitoylik hamkorlar bilan Jamiyatning geologiya-qidiruv, burg‘ilash va geofizika ishlarini yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan muhim muzokaralarga boy o‘tdi.

Xususan, katta xalqaro tajribaga ega “CNLC” kompaniyasi bilan ishchi uchrashuvda yuqori harorat (230°C gacha) va bosim (1400 atmosferagacha) sharoitidagi quduqlarda geofizik tadqiqotlar hamda perforatsiya xizmatlarini ko‘rsatish masalalari atroflicha ko‘rib chiqildi.

Jumladan, 7000 metrgacha bo‘lgan chuqurlikdagi quduqlarda tadqiqotlar o‘tkazish, shu bilan birga, yuqori harorat va bosimda ishlay oladigan zamonaviy geofizik uskuna to‘plamlarini yetkazib berish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, Jamiyat tizimidagi zavodlar, boshqarmalar va konlarda mehnat qilayotgan ishchi-xodimlarni vaxta usulida tashish jarayonida xavfsizlikni ta’minlash hamda qulay mehnat sharoitlarini yaratish maqsadida Xitoyning Shangdong viloyatidagi “Zhongtong Bus”, Chjenchjou shahridagi “YUTONG Bus” va Pekinda joylashgan “FOTON” zavodlarida ishlab chiqarilayotgan avtobuslarning texnik holati o‘rganildi. “FOTON” kompaniyasi bilan avtobus yetkazib berish bo‘yicha muzokaralar ham olib borildi.

Bundan tashqari, “CNPC” tarkibiga kiruvchi Xitoy neft muhandisligi va qurilish korporatsiyasi bilan bo‘lib o‘tgan muloqotda “O‘zbekneftgaz” AJning istiqbolli loyihalarini amalga oshirishda zamonaviy va innovatsion yechimlarga asoslangan loyiha hujjatlarini ishlab chiqishda ishtirok etish, shuningdek, Toshkent shahrida ilmiy-tadqiqot institutini tashkil etishda hamkorlik qilish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Zamonaviy burg‘ilash uskunalarini xarid qilish masalasi bo‘yicha “SJ Petroleum Machinery” kompaniyasi bilan alohida muzokaralar o‘tkazildi.

Uchrashuvlar yakunida Boshqaruv raisi Abdug‘ani Sanginov ushbu loyihalar “O‘zbekneftgaz” AJ uchun strategik ahamiyatga ega ekanini ta’kidlab, barcha ishlar yuqori sifat, aniq muddat va ilg‘or texnologik yechimlar asosida amalga oshirilishi zarurligini qayd etdi.

Tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirishga tayyor ekanliklarini bildirdi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling