“Oʻzbekneftgaz” AJ GIP bilan neft va gaz infratuzilmasiga investitsiyalarni jalb qilishni muhokama qildi
“Oʻzbekneftgaz” AJ GIP bilan neft va gaz infratuzilmasiga investitsiyalarni jalb qilishni muhokama qildi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — «O‘zbekneftgaz» AJ Boshqaruv raisi Abdug‘ani Sanginov «Global Infrastructure Partners» kompaniyasi (AQSHning «BlackRock» kompaniyasi sho‘ba korxonasi) vakili Erik Varvel bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Muzokaralar davomida strategik hamkorlik istiqbollarini, jumladan O‘zbekistonning neft-gaz sohasidagi mavjud infratuzilmasiga investitsiya kiritish imkoniyatlari muhokama qilindi.
Muloqotda barcha ehtimoliy takliflarni har tomonlama va puxta tahlil qilish, shuningdek ularning «O‘zbekneftgaz» AJning moliyaviy-iqtisodiy ko‘rsatkichlariga ta’sirini baholash muhimligi ta’kidlandi.
Uchrashuv yakunida xorijiy tomon bilan axborot almashinuvi bo‘yicha kelishuv imzolandi.
Shuningdek, tomonlar neft-gaz sohasida istiqbolli investitsiya loyihalarini ko‘rib chiqish va strategik hamkorlikni yanada mustahkamlashga tayyor ekanliklarini bildirdilar.