“Oʻzbekneftgaz” AJ BURINTEKH bilan hamkorlikni muhokama qildi
“Oʻzbekneftgaz” AJ BURINTEKH bilan hamkorlikni muhokama qildi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — “O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruv raisi Abdug‘ani Sanginov bilan Rossiya Federatsiyasining “BURINTЕX” kompaniyasi bosh direktori Gniyatulla Ishbayev o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Qayd etish joizki, bugungi kunda ushbu kompaniya bilan chuqur burg‘ilash sohasida hamkorlik olib borilmoqda. Muloqotda Ustyurt mintaqasidagi quduqlarda murakkab geologiya sharoitida yuqori texnologiyali dolotalarni qo‘llash bilan birgalikda harajatlarni optimallashtirish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi.
Uchrashuvda kompaniya tomonidan O‘zbekiston hududida burg‘ilash va quduqlarni ta’mirlash ishlariga yangi texnologiyadagi uskunalarni jalb etish bo‘yicha ham istiqbolli loyihalar muhokama qilindi.
Ma’lumot o‘rnida, “BURINTЕX” kompaniyasi bugungi kunda burg‘ilash va quduqlarni ta’mirlashga mo‘ljallangan uskunalar, asboblar hamda kimyoviy reagentlar ishlab chiqarish bo‘yicha Rossiyadagi yirik ishlab chiqaruvchilardan biri hisoblanadi.
Kompaniyaning yillik tushumi 118 million AQSH dollarini tashkil etadi.