Oʻzbekistonlik tadbirkorlar Mozori-Sharifdagi savdo uyiga tashrif buyurishdi
Oʻzbekistonlik tadbirkorlar Mozori-Sharifdagi savdo uyiga tashrif buyurishdi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Amaliy tashrif doirasida o‘zbek ishbilarmonlari Afg‘onistonning Mozori-Sharif shahrida faoliyat yuritayotgan O‘zbekiston savdo uyiga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida tadbirkorlar u yerda taqdim etilgan mahalliy mahsulotlar assortimenti, savdo jarayonlari hamda eksportni tashkil etish mexanizmlari bilan tanishdilar.
Maʼlumki, mazkur savdo uyi 220 kv.m maydonda joylashgan bo‘lib, doimiy shourum va omborxona faoliyat ko‘rsatmoqda. Ushbu maydon o‘zbek mahsulotlarini Afg‘oniston bozoriga yetkazish va mahalliy hamkorlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlash uchun muhim savdo platformasi hisoblanadi.
Tadbirkorlar tashrif chog‘ida mahsulotlar taqdimoti, logistika masalalari va yangi shartnomalar tuzish imkoniyatlarini muhokama qilib, savdo hajmini kengaytirish bo‘yicha fikr almashdilar.