Valyuta kurslari 04/12/2025
$1 – 11912.38
UZS – 0,26%
€1 – 13873.16
UZS – 0,57%
₽1 – 153.39
UZS – 0,07%
Qidirish
Oʻzbekistonlik diplomatlar MÜSİAD bilan sanoat hamkorligini muhokama qilishdi

Oʻzbekistonlik diplomatlar MÜSİAD bilan sanoat hamkorligini muhokama qilishdi

Oʻzbekistonlik diplomatlar MÜSİAD bilan sanoat hamkorligini muhokama qilishdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Mamlakatimizning Turkiyadagi elchixonasi diplomatlari hamda Turkiya Mustaqil sanoatchilar va ishbilarmon doiralari uyushmasi – MÜSİAD vakillari o‘rtasida davra suhbati tashkil etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Uchrashuvda MÜSİADning boshqaruv kengashi raisi o‘rinbosari Muxammed Selim Bashdemir, Diplomatik hamkorlik qo‘mitasi raisi Seyfullax Shahin va tashkilotning 20 nafarga yaqin boshqaruv aʼzolari ishtirok etdi.

1990-yilda nodavlat-notijorat tashkilot sifatida tashkil qilingan MÜSİADning bugungi kunda 14 ming aʼzosi bor va u 60 mingga yaqin sanoat korxonani o‘z ichiga oladi. Tashkilot aʼzolari uch million nafarga yaqin fuqarolarni ish bilan taʼminlagan. Mamlakat sanoatidagi ulushi 25 foizni tashkil etadi. Turkiyaning 78 ta viloyatida va 84 ta xorijiy davlatda o‘z vakolatxonalari mavjud.

Tomonlar muloqot jarayonida tashkilotning O‘zbekistondagi faoliyatini kengaytirish, sanoat sohasida turkiyalik nufuzli hamkorlar bilan qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, o‘zaro savdo va investitsiyaviy aloqalarini rivojlantirish masalalarida fikr-mulohaza almashdi.

Muxammed Selim Bashdemir har yili MÜSİAD tomonidan amalga oshirayotgan “International Business Forum – IBF” loyihasi haqida batafsil maʼlumot berdi. Mazkur loyiha doirasida tashkil etiladigan tadbirni kelgusi yili O‘zbekistonda amalga oshirish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Tashkilotning Turkiyadagi imkoniyatlaridan unumli foydalanish, uning viloyatlardagi vakillari bilan O‘zbekistonning savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va boshqa ustuvor sohalardagi salohiyatiga oid qo‘shma tadbirlarni amalga oshirish borasida kelishuvga erishildi. Bu borada, MÜSİADning Kayseri viloyatidagi vakolatxonasi bilan biznes-forum tashkil etish bo‘yicha maslahatlashildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling