Valyuta kurslari 13/01/2026
$1 – 12099.18
UZS – -0,27%
€1 – 14134.26
UZS – 0,07%
₽1 – 153.82
UZS – 0,18%
Qidirish
Oʻzbekistonda tibbiy yordamning kafolatlangan hajmini isloh qilish toʻgʻrisidagi qonun loyihasi birinchi oʻqishda maʼqullandi

Oʻzbekistonda tibbiy yordamning kafolatlangan hajmini isloh qilish toʻgʻrisidagi qonun loyihasi birinchi oʻqishda maʼqullandi

Oʻzbekistonda tibbiy yordamning kafolatlangan hajmini isloh qilish toʻgʻrisidagi qonun loyihasi birinchi oʻqishda maʼqullandi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi yigʻilishida aholiga tibbiy yordamning kafolatlangan hajmiga kiradigan xizmatlarni ko‘rsatish, tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining kasbiy faoliyatini amalga oshirish tizimini takomillashtirishga qaratilgan qonun loyihasi birinchi o‘qishda konseptual jihatdan ko‘rib chiqildi.

Mazkur qonun loyihasi bilan “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi va “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risida”gi qonunlarga birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarida qo‘shimcha xizmatlar hisoblanadigan tibbiy yordam turlari belgilanishini, shuningdek davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan shaxslar tibbiyot va farmatsevtika faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini olishini nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.

Ya’ni, birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarida ko‘rsatiladigan tibbiy yordamning kafolatlangan hajmidan ortiqcha tibbiy xizmatlar va boshqa xizmatlar qo‘shimcha xizmatlar bo‘lib, ular pulli asosda amalga oshirilishi nazarda tutilmoqda. Oilaviy shifokorning yoki tibbiyot brigadasining yo‘llanmasisiz murojaat qilgan fuqarolarga ko‘rsatiladigan tibbiy yordam ham qo‘shimcha xizmat hisoblanadi. Bundan shoshilinch va tez tibbiy yordam ko‘rsatish mustasno.

Shuningdek, sog‘liqni saqlashni boshqarishning innovatsion modelini joriy etish, tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini davlat ro‘yxatiga olishning huquqiy asoslari mustahkamlanmoqda.

Xususan, tibbiyot va farmatsevtika faoliyati bilan shug‘ullanish huquqiga o‘ziga tibbiyot sohasida, oliy yoki kasbiy ta’lim olganlik to‘g‘risidagi diplom berilgan va davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan shaxslar ega bo‘lishi belgilanmoqda. Bunda tibbiyot sohasida oliy yoki kasbiy ta’lim to‘g‘risidagi diplom berilganda yakuniy davlat attestatsiyasining natijasiga muvofiq davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi.

Majlisda qonun loyihasining qabul qilinishi aholining yuqori sifatli tibbiy xizmat olish huquqlarini samarali ta’minlashga, sog‘liqni saqlashni boshqarishning innovatsion modelini joriy etishga, qonunchilik va malaka talablariga mos kelmaydigan shaxslarning tibbiy hamda farmatsevtik faoliyat bilan shug‘ullanishining oldini olishga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Qonun loyihasi deputatlar tomonidan birinchi o‘qishda qabul qilindi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling