Oʻzbekistonda odam savdosi bilan shugʻullanishga urinishning oldi olindi
Oʻzbekistonda odam savdosi bilan shugʻullanishga urinishning oldi olindi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Davlat xavfsizlik xizmati hamda Ichki ishlar vazirligi xodimlari hamkorligida odam savdosiga qarshi kurash yo‘nalishida tezkor tadbir o‘tkazildi.
Jumladan, poytaxtda istiqomat qiluvchi, 1998 y.t. S.N. 2 nafar fuqaroni Tailand davlatiga fohishalik bilan shug‘ullanish maqsadida yuborayotgan vaqtida Toshkent xalqaro aeroportida qo‘lga olindi.
Shuningdek, ushbu jinoiy harakat hozirda Tailand davlatida bo‘lgan, 2005 y.t. F.A. tomonidan tashkillashtirilganligi maʼlum bo‘ldi.
Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 135-moddasi 2-qismi “b”, “g”, “ye”, “z” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.