Oʻzbekistonda mahalliy meva-sabzavot va oziq-ovqat sanoati korxonalarini qoʻllab-quvvatlash istiqbollari muhokama qilindi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yilning 22-aprel kuni Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligida “Mahalliy meva-sabzavot va oziq-ovqat sanoati korxonalari faoliyatini tashqi bozorlarda qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish istiqbollari” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda vazir oʻrinbosari Xurram Teshabayev, shuningdek, meva-sabzavot va oziq-ovqat sanoatiga oid 130 dan ortiq korxona rahbarlari bevosita va onlayn tarzda ishtirok etishdi.
Muloqot chogʻida asosiy eʼtibor oziq-ovqat va meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilishda yuzaga kelayotgan tizimli muammolarni muhokama qilish, ularni hal etishning samarali yoʻllarini topish, shuningdek, sanoat korxonalari vakillarining takliflarini koʻrib chiqishga qaratildi.
Davra suhbati yakunlari boʻyicha tadbirkorlar tomonidan koʻtarilgan muammoli masalalarni tizimli hal etish va yangi tashabbuslarni hayotga tatbiq qilish maqsadida tegishli meʼyoriy hujjat loyihasini ishlab chiqish boʻyicha qaror qabul qilindi.