Oʻzbekistonda Farmatsevtika faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisidagi qonun qabul qilindi
Oʻzbekistonda Farmatsevtika faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisidagi qonun qabul qilindi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Majlisda o‘simliklar karantini va himoyasi sohasidagi milliy qonunchilikni Jahon savdo tashkilotining Sanitariya va fitosanitariya choralarini qo‘llash bo‘yicha bitimiga muvofiqlashtirishga qaratilgan qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqilmoqda.
Loyiha bilan O‘zbekiston Respublikasining bir qator qonun xujjatlariga JSTning Sanitariya va fitosanitariya choralarini qo‘llash bo‘yicha bitimida belgilangan qoida va normalarga muvofiqlashtirish bilan bog‘liq o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.
O‘tgan davrda qonun loyihasiga mas’ul qo‘mita tomonidan birinchi o‘qish davomida bildirilgan taklif va mulohazalar asosida qonun loyihasi takomillashtirildi. Xususan, loyihaning nomi amaliyotdan kelib chiqqan holda aniqlashtirildi. “O‘simliklar karantini to‘g‘risida”gi qonun normalari xalqaro standartlar bilan qayta solishtirib chiqildi.
Bundan tashqari, xalqaro fitosanitar standartlarda o‘z kuchini yo‘qotgan ayrim prinsip va tushunchalar qonun loyihasidan olib tashlangan. Asosiy tushunchalar xalqaro konvensiyalar va standartlarga mos ravishda aniqlashtirilgan.
Majlisda loyihada nazarda tutilayotgan normalar fitosanitariya sohasidagi qonun hujjatlarini bugungi kundagi barcha xalqaro standartlarga muvofiqlashtirishga, mamlakatimizda yetishtirilgan o‘simlik va o‘simlik mahsulotlarining xalqaro savdoda to‘siqlarsiz harakatlanishiga, o‘simliklar karantini sohasida huquqbuzarliklarning oldini olishga xizmat qilishi qayd etildi.
Qonun loyihasi deputatlar tomonidan ikkinchi o‘qishda qabul qilindi.