Valyuta kurslari 30/01/2026
$1 – 12199.10
UZS – 0,25%
€1 – 14585.24
UZS – -0,02%
₽1 – 160.49
UZS – 0,38%
Qidirish
Oʻzbekistonda birinchi "Oʻzbekiston – Kanada" parlamentlararo forumi boʻlib oʻtadi

Oʻzbekistonda birinchi "Oʻzbekiston – Kanada" parlamentlararo forumi boʻlib oʻtadi

Oʻzbekistonda birinchi "Oʻzbekiston – Kanada" parlamentlararo forumi boʻlib oʻtadi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Senat Raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev Kanada Jamoatlar palatasidagi “Kanada-O‘zbekiston” do‘stlik guruhi raisi Ziyad Abuoltaif bilan videokonferensaloqa shaklida uchrashuv o‘tkazdi.

Muzokaralar chog‘ida O‘zbekiston va Kanada o‘rtasidagi parlamentlararo hamkorlikni izchil rivojlantirish va mustahkamlash bo‘yicha tomonlarning qatʼiy o‘zaro manfaatdorligi qayd etildi.

O‘zbekiston Oliy Majlisi delegatsiyasining 2025-yil 26–27-noyabr kunlari Kanadaga tashrifi hamda Kanada parlamentida O‘zbekiston kunining muvaffaqiyatli o‘tkazilgani yuqori baholandi.

“O‘zbekiston - Kanada” birinchi parlamentlararo forumini 2026 yilda Samarqand shahrida o‘tkazish masalasi muhokama qilindi. Shuningdek, Kanada delegatsiyasining mamlakatimizga tashrifi doirasida savdo-investitsiyaviy hamkorlik, jumladan muhim minerallar, qishloq xo‘jaligi, toza energetika, taʼlim va innovatsiyalar sohalarida qo‘shma “O‘zbekiston - Kanada” biznes forumini o‘tkazish masalasi ko‘rib chiqildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar O‘zbekiston va Kanada o‘rtasidagi parlamentlararo muloqotni rivojlantirish yo‘lida hamkorlikni yana-da chuqurlashtirishga tayyor ekanliklarini taʼqidladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling