Valyuta kurslari 14/10/2025
$1 – 12149.55
UZS – 0,07%
€1 – 14087.40
UZS – 0,24%
₽1 – 150.44
UZS – 0,69%
Qidirish
O‘zbekistonda AI sohasi mutaxassislarini tayyorlashga ixtisoslashgan ilk maktab faoliyati boshlandi

O‘zbekistonda AI sohasi mutaxassislarini tayyorlashga ixtisoslashgan ilk maktab faoliyati boshlandi

O‘zbekistonda AI sohasi mutaxassislarini tayyorlashga ixtisoslashgan ilk maktab faoliyati boshlandi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekistonda Yandex ML School'ning birinchi o‘quv yili uchun talabalar qabul qilindi — bu respublikada AI sohasida yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashga qaratilgan ilk ixtisoslashgan ta’lim markazidir. Yo‘nalishlar qatoriga mashinali o‘qitish, matematik modellashtirish va ma’lumotlar tahlili kiradi. Dasturga taxminan 3000 ta ariza kelib tushdi, ular orasidan tanlov natijasida 31 nafar talabagina qabul qilindi. New Uzbekistan University ushbu loyihaning akademik hamkoridir.

Dastur talabalar va yosh mutaxassislar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, shu hafta start oldi. Ta’lim to‘liq bepul va ikki semestrlik intensiv tayyorgarlikni o‘z ichiga oladi. Qabul jarayonida nomzodlar onlayn test va shaxsiy suhbatdan o‘tishlari lozim bo‘ldi. O‘quv dasturi Yandex'ning Ma’lumotlar tahlillash maktabi (MTM) bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan bo‘lib, u nazariy bilimlarni chuqur o‘zlashtirish va ularni amalda qo‘llashga yo‘naltirilgan. Darslarni xalqaro tajribaga ega mutaxassislar hamda O‘zbekistonning yetakchi OTMlari o‘qituvchilari olib boradi.

Yandex ML School'dagi o‘quv jarayoni matematika, statistika, algoritmlar va mashinali o‘qitish kabi fundamental fanlarni qamrab oladi. Darslar amaliyotga yo‘naltirilgan bo‘lib, talabalar real sohaviy masalalarni hal qiladi, amaliy loyihalarda ishtirok etadi, ustozlardan muntazam fikr-mulohaza oladi, vorkshoplar va industrial uikendlarda qatnashadi. Ta’lim to‘liq ingliz tilida olib boriladi, bu esa talabalarga xalqaro manbalardan foydalanish imkonini berib, ularning jahon mehnat bozoridagi raqobatbardoshligini oshiradi. O‘qish yuklamasi haftaning 20–30 soatini tashkil etadi, shu jumladan kechki leksiyalar va mustaqil ish vaqtini ham o‘z ichiga oladi.

Yandex ML School'ning ochilishi kompaniyaning O‘zbekistonda texnologik ta’limni rivojlantirishga qaratilgan strategiyasining davomidir — u maktab o‘quvchilari uchun dasturlardan tortib, informatika o‘qituvchilari uchun kurslar va amaldagi mutaxassislar uchun intensivlargacha bo‘lgan keng ko‘lamli yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling