Valyuta kurslari 02/03/2026
$1 – 12172.18
UZS – 0,29%
€1 – 14357.09
UZS – 0,27%
₽1 – 157.45
UZS – -0,16%
Qidirish
Oʻzbekistonda 2026-yil yanvar oyida qurilish ishlari hajmi 13 trillion soʻmdan oshdi va oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 9,2% ga oʻsdi

Oʻzbekistonda 2026-yil yanvar oyida qurilish ishlari hajmi 13 trillion soʻmdan oshdi va oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 9,2% ga oʻsdi

Oʻzbekistonda 2026-yil yanvar oyida qurilish ishlari hajmi 13 trillion soʻmdan oshdi va oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 9,2% ga oʻsdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2026 yilning yanvar oyida O‘zbekiston Respublikasida jami 13021,0 mlrd so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, bu ko‘rsatkich 2025 yilning mos davriga nisbatan 9,2% ga oshdi, deb xabar beradi Milliy statistika qo‘mitasi.

2026 yilnin gyanvar oyida O‘zbekiston Respublikasida bajarilgan qurilish ishlarining iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha taqsimlanishi quyidagicha: bino va inshootlar qurilishi yo‘nalishi 72,2% ulushni tashkil etib,o‘sish surʼati 2025 yilning mos davriga nisbatan 4,9%ga oshdi, fuqarolik obyektlari qurilish iyo‘nalishi 17,5% ulushni tashkil etib, o‘sish surʼati 2025 yilning mos davriga nisbatan 35,6% ga oshdi, ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari yo‘nalishi 10,3% ulushni tashkil etib,o‘sish surʼati 2025yilning mos davriga nisbatan 4,3%ga oshdi.

Yirik qurilish tashkilotlari tomonidan 2026 yilning yanvar oyida bajarilgan qurilish ishlari hajmi 3004,3 mlrd so‘mni tashkil etib, 2025 yilning mos davriga nisbatan 8%ga oshdi. Umumiy hajmdagi ulushi 23,1% nitashkil etdi.

Shuningdek, jami qurilish ishlari hajmining 46 %i kichik korxonalar va mikrofirmalar hissasiga to‘g‘ri kelib, 2025 yilning mos davriga nisbatan11,3%ga oshib, 5996,6 mlrd so‘m miqdorida qayd etildi.

Norasmiy sektorda qurilish ishlarining ulushi30,9% (4020,1 mlrd so‘m) bo‘lib, 2025 yilning mos davriga nisbatan 7,1 %ga oshdi.

Yirikqurilishtashkilotlaritomonidanbajarilganqurilishishlarining eng yuqori o‘sish surʼatlari Jizzax viloyatida (2025yilning mos davriga nisbatan 940,4%), Qoraqalpog‘istonRespublikasida (703,9%) hamdaSirdaryoviloyatida (616%) qaydetildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling