Oʻzbekiston Xitoyda boʻlib oʻtadigan AIE Expo 2025 koʻrgazmasida investitsiyalar va hamkorlarni jalb qilmoqda
Oʻzbekiston Xitoyda boʻlib oʻtadigan AIE Expo 2025 koʻrgazmasida investitsiyalar va hamkorlarni jalb qilmoqda
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Xitoyning Макао shahrida AIE Expo 2025 — aqlli texnologiyalar, elektronika, IoT, robototexnika va sanoat avtomatizatsiyasi bo‘yicha Osiyodagi eng yirik Forum bo'lib o'tmoqda.
Tadbirda “O‘zeltexsanoat” uyushmasi raisi Mirziyod Yunusov O‘zbekiston elektrotexnika va elektronika sanoatining rivojlanish istiqbollari, amalga oshirilayotgan loyihalar hamda xalqaro hamkorlik rejalariga oid taqdimot bilan ishtirok etdi.
Forum doirasida yirik kompaniyalar rahbarlari bilan tor doiradagi uchrashuvlar, B2B muzokaralar va kelgusi qo‘shma loyihalar yuzasidan muhokamalar o‘tkazildi.
Shuningdek, Expo ko‘rgazmasida dunyodagi mashhur ishlab chiqaruvchilarning yangi mahsulotlari va intellektual yechimlari bilan yaqindan tanishildi.
Mazkur Forum – O‘zbekiston uchun texnologik integratsiya, investitsiya jalb etish va elektronika sanoatini jahon bozorlariga olib chiqish yo‘lida muhim ahamiyatga ega bo‘ladi.