Valyuta kurslari 21/01/2026
$1 – 12073.29
UZS – 0,18%
€1 – 14158.35
UZS – 1,07%
₽1 – 155.16
UZS – 0,3%
Qidirish
Oʻzbekiston xalqaro kompaniyalar bilan oqava suvlarni tozalash tizimlarini modernizatsiya qilishni muhokama qildi

Oʻzbekiston xalqaro kompaniyalar bilan oqava suvlarni tozalash tizimlarini modernizatsiya qilishni muhokama qildi

Oʻzbekiston xalqaro kompaniyalar bilan oqava suvlarni tozalash tizimlarini modernizatsiya qilishni muhokama qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yilning 20-yanvar kuni Iqtisodiyot va moliya vaziri o‘rinbosari Ilhomjon Umrzakov “TAQA Water Solutions”, “SUEZ” va “ITOCHU” kompaniyalari vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Xorijiy tomondan uchrashuvda “TAQA Water Solutions” kompaniyasi boshqaruvi raisi Ahmad Al Shamsi, SUEZ kompaniyasining Markaziy Osiyo va Kavkaz bo‘yicha katta vitse-prezidenti va bosh ijrochi direktori Silver Delaunay, “ITOCHU” kompaniyasining Toshkentdagi vakolatxonasi rahbari Yamoto Ryuji, shuningdek, kompaniyalarning boshqa vakillari ishtirok etdi.

Uchrashuvda oqova suvlarini tozalash tizimini rivojlantirish va modernizatsiya qilish, jumladan, oqova suvlarni tozalashdagi zamonaviy standartlar, tozalash inshootlarini joylashtirish va ulardan foydalanishga texnik yondashuvlar, shuningdek, shahar qurilishi sharoitida muhandislik infratuzilmasini boshqarish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, tomonlar yirik tozalash inshootlarini zich shahar hududlaridan tashqarida joylashtirish hamda magistral kanalizatsiya infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha ilg‘or texnik yechimlar yuzasidan fikr almashdi.

Yangi va zamonaviy texnologiyalarni joriy etish orqali foydalanish samaradorligini oshirish, muhitga salbiy ta’sirlarni kamaytirish va hududlarni yanada rivojlantirish uchun sharoit yaratishi ta’kidlab o’tildi.

Muzokaralar yakunida tomonlar o’zaro hamkorlikni  kengaytirishga  kelishib oldilar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling