Valyuta kurslari 10/03/2026
$1 – 12191.25
UZS – 0,13%
€1 – 14111.37
UZS – -0,28%
₽1 – 154.20
UZS – -0,57%
Qidirish
Oʻzbekiston va ZTE raqamli sohadagi hamkorlikni mustahkamlamoqda

Oʻzbekiston va ZTE raqamli sohadagi hamkorlikni mustahkamlamoqda

Oʻzbekiston va ZTE raqamli sohadagi hamkorlikni mustahkamlamoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Jahon mobil kongressi doirasida Xitoyning yetakchi telekommunikatsiya kompaniyalaridan biri – ZTE rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda kompaniyaning bosh vitse-prezidenti Jeyms Chjan hamda ZTE’ning xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha mas’ul vakillari ishtirok etdi. Muzokaralar davomida ZTE bilan uzoq yillik hamkorlik aloqalari, telekommunikatsiya infratuzilmasini modernizatsiya qilish hamda mamlakatda zamonaviy raqamli texnologiyalarni joriy etish istiqbollari muhokama qilindi.

Tomonlar mobil aloqa tarmoqlarini rivojlantirish, keng polosali internet infratuzilmasini kengaytirish, yangi avlod telekommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, shuningdek, data-markazlar infratuzilmasini rivojlantirish masalalari yuzasidan fikr almashdilar. Shuningdek, raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish, telekommunikatsiya tarmoqlarida innovatsion yechimlarni joriy etish hamda ilg‘or texnologiyalar asosida yangi xizmatlarni ishga tushirish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.

Uchrashuv davomida ZTE kompaniyasi vakillari O‘zbekistonda telekommunikatsiya sohasini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlarni yuqori baholab, mamlakat bilan texnologik hamkorlikni yanada kengaytirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

Muzokaralar yakunida tomonlar o‘zaro hamkorlikni yanada kengaytirishga qaratilgan Anglashuv memorandumini imzoladilar. Mazkur hujjat telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish, zamonaviy aloqa texnologiyalarini joriy etish, data-markazlar infratuzilmasini takomillashtirish hamda innovatsion yechimlar bo‘yicha hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.

Shu bilan birga, vazir Sherzod Shermatov ZTE kompaniyasining ko‘rgazma stendi bilan tanishdi. Unda yangi avlod telekommunikatsiya infratuzilmasi, data-markazlar uchun zamonaviy uskunalar, 6G texnologiyalari, Wi-Fi 7 va Wi-Fi 8 yechimlari, shuningdek, sun’iy yo‘ldosh aloqa texnologiyalari namoyish etildi.

Taqdimot davomida kompaniya mutaxassislari ushbu texnologiyalarning imkoniyatlari, ularning telekommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish hamda yuqori tezlikdagi aloqa xizmatlarini ta’minlashdagi ahamiyati haqida batafsil ma’lumot berdilar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling