Oʻzbekiston va Yevropa Ittifoqi maxsus vakillari Afgʻonistondagi mintaqaviy xavfsizlik va vaziyatni muhokama qildi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025-yilning 12-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha Maxsus vakili Ismatulla Irgashev Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Eduards Stiprais bilan uchrashdi.
Muloqot chog‘ida mintaqaviy xavfsizlikning dolzarb masalalari, Afg‘onistondagi vaziyat hamda O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi hamkorlikni chuqurlashtirish istiqbollari muhokama qilindi.
Tomonlar afgʻon kelishuvi masalalari boʻyicha tizimli va konstruktiv muloqotni davom ettirishdan oʻzaro manfaatdor ekanliklarini tasdiqladilar va muntazam maslahatlashuvlarni davom ettirishga kelishib oldilar.