Valyuta kurslari 25/12/2025
$1 – 12067.60
UZS – 0,13%
€1 – 14239.77
UZS – 0,19%
₽1 – 153.71
UZS – 0,0%
Qidirish
Oʻzbekiston va Yaponiya Prezident Mirziyoyevning tashrifidan soʻng strategik hamkorligini mustahkamlamoqda

Oʻzbekiston va Yaponiya Prezident Mirziyoyevning tashrifidan soʻng strategik hamkorligini mustahkamlamoqda

Oʻzbekiston va Yaponiya Prezident Mirziyoyevning tashrifidan soʻng strategik hamkorligini mustahkamlamoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025-yil 24-dekabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri Nuriddin Ismoilov Yaponiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Kendzi Xiratani qabul qildi.

Uchrashuvda so‘nggi yillarda oliy darajadagi muloqotlar faollashib borayotgani, davlat rahbarlarining sa’y-harakatlari bilan ikki tomonlama hamkorlik sifat jihatidan yuqori bosqichga ko‘tarilgani qayd etildi.

Elchi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarni yuqori baholar ekan, Prezident Shavkat Mirziyoyevning shu yil 18-20-dekabr kunlari Yaponiyaga rasmiy tashrifi ikki davlat o‘rtasidagi ko‘p qirrali munosabatlarni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqqanini alohida ta’kidladi. Yaponiya O‘zbekistonni mintaqadagi mustahkam strategik sheriklik mavqeida ko‘rishdan manfaatdor, — dedi u.

X. Kendzi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Yaponiyaga tashrifi muvaffaqiyatli bo‘lgani, bu tashrif aloqalarning yangi davrini boshlab berganligini qayd etdi.

Uning fikricha, O‘zbekiston yetakchisining “Markaziy Osiyo + Yaponiya” muloqotining birinchi sammitida ilgari surgan takliflari mintaqani barqaror rivojlantirish uchun juda muhimdir.

O‘zbekiston yetakchisining tashrif chog‘idagi barcha uchrashuvlari, jumladan, Yaponiya Parlamenti rahbarlari bilan muloqotlari har ikki davlat qonunchilik organlari hamkorligini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Muloqotda do‘stlik guruhlarining rolini kuchaytirish, qonun ijodkorligi sohasida tajriba almashish, parlament qo‘mitalari o‘rtasida hamkorlikni kengaytirish kun tartibidagi muhim masalalardan biri ekanligi ta’kidlandi.

Uchrashuv do‘stona va konstruktiv ruhda o‘tdi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling