Valyuta kurslari 21/11/2025
$1 – 11914.67
UZS – 0,03%
€1 – 13735.23
UZS – -0,36%
₽1 – 148.27
UZS – 0,53%
Qidirish
Oʻzbekiston va Yaponiya iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qilishdi

Oʻzbekiston va Yaponiya iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qilishdi

Oʻzbekiston va Yaponiya iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qilishdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 22-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov shu yilning oktabr oyida tayinlangan Yaponiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Hirata Kendzi bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Tomonlar O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasidagi munosabatlarning izchil rivojlanayotganini ta’kidlab, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy yo‘nalishlarda hamkorlikni yanada kengaytirishga tayyorliklarini bildirdilar.

Uchrashuvda ikki mamlakat o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmining o‘sishi hamda yapon investitsiyalarining O‘zbekiston iqtisodiyotidagi ulushi ortib borayotgani qayd etildi.

Yaponiyalik hamkorlarning sog‘liqni saqlash, transport, infratuzilma, energetika va AKT sohalaridagi yirik loyihalarda muvaffaqiyatli ishtirok etayotgani alohida e’tirof etildi.

Zamonaviy tibbiyot obyektlari qurilishi, transport infratuzilmasini rivojlantirish, telekommunikatsiya tizimini modernizatsiya qilish, shuningdek, jami 2 500 MVt quvvatga ega quyosh va shamol elektr stansiyalarini barpo etish bo‘yicha tashabbuslar amalga oshirilmoqda.

Shuningdek, joriy yil oxiriga rejalashtirilgan “Markaziy Osiyo + Yaponiya” Sammiti doirasida ikki tomonlama tadbirlarga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling