Valyuta kurslari 18/03/2026
$1 – 12129.01
UZS – 0,31%
€1 – 13968.98
UZS – 0,9%
₽1 – 147.99
UZS – -0,78%
Qidirish
Oʻzbekiston va Yaponiya farmatsevtika sanoati sohasidagi hamkorlikni muhokama qilishdi

Oʻzbekiston va Yaponiya farmatsevtika sanoati sohasidagi hamkorlikni muhokama qilishdi

Oʻzbekiston va Yaponiya farmatsevtika sanoati sohasidagi hamkorlikni muhokama qilishdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2026 yil 17 mart kuni Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori Abdulla Azizov Yaponiyaning «MITSUI & Co., LTD.» kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv avvalida tomonlar o‘zaro tanishuv o‘tkazib, o‘z faoliyati, asosiy yo‘nalishlari hamda mavjud imkoniyatlari to‘g‘risida maʼlumot almashdilar. Jumladan, Yaponiya tomoni kompaniyaning xalqaro miqyosdagi tajribasi, investitsiyaviy va texnologik salohiyati haqida batafsil axborot taqdim etdi.

Uchrashuv davomida farmatsevtika sohasida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlari muhokama qilindi. Xususan, kontrakt asosida dori vositalarini ishlab chiqarish hamda yangi dori vositalarini ishlab chiqish sohalarida hamkorlik imkoniyatlari atroflicha ko‘rib chiqildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar kelgusida o‘zaro manfaatli hamkorlikni yana-da rivojlantirish, qo‘shma loyihalarni ishlab chiqish hamda amaliy hamkorlik mexanizmlarini yo‘lga qo‘yishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling