Valyuta kurslari 17/02/2026
$1 – 12191.30
UZS – -0,24%
€1 – 14464.98
UZS – -0,21%
₽1 – 158.51
UZS – 0,08%
Qidirish
Oʻzbekiston va Xorvatiya qonunchilik muloqoti va delegatsiyalar almashinuvini faollashtirishga kelishib oldilar

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yilning 17-fevral kuni Oliy Majlis Senati Raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev Xorvatiya parlamenti Konstitutsiya, reglament va siyosiy tizim qo‘mitasi raisi Ivan Malenitsa bilan uchrashdi.

Suhbat chog‘ida O‘zbekiston va Xorvatiya o‘rtasidagi parlamentlararo hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari muhokama qilindi.

Tomonlar qonunchilik faoliyati, parlamentlararo muloqotni, qo‘mitalar o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish hamda delegatsiyalar almashinuvini faollashtirish masalalariga alohida eʼtibor qaratdi.

Muzokaralarda savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, xususan farmatsevtika, tibbiy texnologiyalar, sanoat uskunalari, to‘qimachilik, agroqayta ishlash hamda transport-logistika sohalarida qo‘shma loyihalarni rivojlantirish masalalari yuzasidan ham fikr almashildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling